Hammamiz sevib tomosha qiladigan “Uyda yolg`iz” filmida Kevin Makkalisterning otasi rolini ijro etgan amerikalik aktyor Jon Xerd 72 yoshda Kaliforniya shtatida olamdan o`tdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Nashrning xabar berishicha, aktyorning jonsiz tanasi mehmonxona nomerlaridan birida xizmatchi tomonidan topilgan. Hozircha o`lim sabablari aniqlangani yo`q. Jon o`limidan sal ilgari umurtqa operasiyasini boshdan kechirib, Palo-Altodagi “Stenford” tibbiyot markazi shifokorlari nazoratida bo`lish uchun uyidan markaz yaqinidagi mehmonxonaga ko`chib o`tgan edi.
Jon Xerd “Uyda yolg`iz” komediyasidagi Piter Makkalisterning otasi roli bilan mashhurdir. U bundan tashqari, “Gladiator”, “Klan Soprano”, “Katta” va “Uyg`onish” filmlarida ham turli obrazlarni yaratgan. Jon hayotining so`nggi lahzalariga qadar filmlarda suratga tushdi. 2018 yilda marhum aktyor ishtirokida yana ikki film ekran yuzini ko`radi.






