1

​SO`ROVNOMA: 92,4% O`ZBEKISTONLIKLAR O`Z PREZIDENTIGA TO`LIQ IShONADI

Jamiyat 24.07.2017, 15:16
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident
​SO`ROVNOMA: 92,4% O`ZBEKISTONLIKLAR O`Z PREZIDENTIGA TO`LIQ IShONADI

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o`rganish Markazi «Fuqarolar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti to`g`risida» mavzusidagi jamoatchilik fikri ekspress-so`rovini o`tkazdi.

Ekspress-so`rovning maqsadi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning faoliyati to`g`risida mamlakat fuqarolarining fikrini va o`zbekistonliklarning davlat Rahbariga bo`lgan ishonchi reytingini aniqlash.

So`rovda 18-70 yosh va undan yuqori bo`lgan turli millat va soha vakillari ishtirok etdi.

Jamoatchilik fikrining ekspress-so`rovi shuni ishonchli tarzda ko`rsatdiki, mamlakat fuqarolarining mutlaq ko`pchiligi 2016 yil
4 dekabrda saylangan mamlakat Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida O`zbekistonda mamlakat hayotining barcha sohalarida ijobiy o`zgarishlar yuz berganligiga qat`iy ishonadilar.

Ekspress-so`rovning ko`rsatishicha, o`zbekistonliklarning mutlaq ko`pchiligi – 89,7% Shavkat Miromonovich Mirziyoevning davlat
Rahbari lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydi, fuqarolar mamlakat Prezidenti rahbarligida keyingi paytlarda O`zbekistonda mamlakatni modernizasiyalashga, davlat va jamiyat hayotini har tomonlama va jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga, hayotning barcha sohalarini liberallashtirishga yo`naltirilgan holda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ijobiy o`zgarishlarga, aholi turmushining darajasi va sifatini hamda fuqarolarning farovonligini oshirishga yordam beradi, deb hisoblaydilar.

Qariyb 90% so`rovda qatnashganlar Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholagan.

Ekspress-so`rov ishtirokchilarining 83,5%, Prezident yuritayotgan siyosat aholining orzu-umidlariga mos keladi, degan nuqtai nazarni bildirdilar.

83% ishtirokchilar Shavkat Mirziyoev tomonidan yuritilayotgan siyosat orzu-umidlarini oqlayotganini ta`kidladi.

“Prezident Shavkat Mirziyoevga qay darajada ishonasiz?” degan savolga ishtirokchilarning 92,4% “to`la darajada ishonaman”, degan javobni bergan.

Jamoatchilik fikri ekspress-so`rovi o`zbekistonliklarning shunga qat`iy ishonchini aniqladiki, Shavkat Miromonovich Mirziyoevning mamlakat Prezidenti lavozimidagi faoliyati mamlakatni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga, O`zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini o`stirishga, xalq farovonligini oshirishga yordam beradi. Tadqiqot mamlakat fuqarolarining yuqori optimizmini va gullab-yashnayotgan davlatning kelajagiga yuksak ishonchini qayd etdi.

O`tkazilgan ekspress-so`rov natijalari mamlakat Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida barcha davlat hokimiyati organlarining muvofiqlashtirilgan holda samarali faoliyat ko`rsatishini va hamjihatligini ta`minlashga, mamlakatda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni saqlash bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga, aholining turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan faoliyati fuqarolar tomonidan yuksak darajada qo`llab-quvvatlanayotganligini namoyish qildi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1