1

“TAVALLUD AYYoMINGIZ BILAN”: O`ZBEKISTON RAHBARINI INTERNETDA QANDAY QUTLAShMOQDA (FOTO, VIDEO)

Jamiyat 24.07.2017, 15:52
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident
“TAVALLUD AYYoMINGIZ BILAN”: O`ZBEKISTON RAHBARINI INTERNETDA QANDAY QUTLAShMOQDA (FOTO, VIDEO)

Bugun O`zbekiston Prezidenti o`zining 60 yoshli yubileyini nishonlayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Ijtimoiy tarmoqlar ushbu sana munosabati bilan qutlovlar bilan to`lib toshmoqda. Barcha Prezidentimizga qarata o`zining iliq fikrlarini va tilaklarini yo`lamoqda.

Xususan turli yirik kompaniyalar tomonidan amalga oshirilayotgan fleshmoblar barchaning diqqatiga sazovor bo`lmoqda.

Akfa kompaniyalar guruhi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan diqqatimizni tortdi:


O'zLiDeP faollari ham Prezidentimizning tavallud ayyomi bilan videotabrik yo`llashdi:



Shu o`rinda Prezidentning tavallud sanasi munosabati bilan mahalliy va xorijiy nashrlar ham o`z tabrik va tilaklarini yo`llashmoqda.

Xususan, bugunni ayrim bir chet el OAVlari O`zbekiston Prezidentining yubileyiga bag`ishlangan maqolalar chop etishmoqda.

“Ilk xulosa shundan iboratki, u judayam iqtidorli taktikachi. Bu odam hozirjavob, atrofiga jamoatchilikni va elita qatlamini to`plash qobiliyatiga ega insondir. Ilk oylarda u bosib o`tishi kerak bo`lgan bosqichni muvaffaqiyatli ravishda o`tdi”, - deb Shavkat Mirziyoevni ta`rifladi Evroosiyo taraqqiyot banki integrasion tadqiqotlar markazi direktori Evgeniy Vinokurov MIR24 telekanaliga bergan intervyusida.

Aytish joizki, O`zbekiston tarixining yangi bosqichidagi keng ko`lamli islohotlar, xususan, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish va rivojlantirish so`z erkinligini ta`minlash, ularning chin ma`nodagi to`rtinchi hokimiyat darajasiga erishish yo`lidagi tavsiyalari barcha jurnalistlar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olinmoqda.

Prezident tomonidan OAV faoliyati yuzasidan bildirilayotgan teran fikr-mulohazalar ishimizga tanqidiy ko`z bilan nazar tashlashga, yanada chuqurroq mushohada qilishga undamoqda. Shu o`rinda biz jurnalistlar davlatimiz rahbari sa`y-harakati bilan shiddat bilan rivojlanib borayotgan hayotimiz bilan hamnafas bo`lishga, jamiyatimiz taraqqiyotiga o`z hissamizni qo`shish yo`lida bor bilim va salohiyatimizni ishga solamiz.

"Darakchi" ijodkorlari Prezidentimizni ushbu qutlug` sana bilan muborakbod etib qolarkan, xalq manffatini ko`zlab yuritayotgan odilona siyosatlari bardavom bo`lishini tilaydi.

Tavallud ayyomingiz muborak bo`lsin, janob Prezident!

Yuksak hurmat va ehtirom bilan "Darakchi" jamoasi.


Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1