AsosiyJamiyat

​XORIJIY DAVLATLAR RAHBARLARI ShAVKAT MIRZIYoEVNI YuBILEY BILAN TABRIKLAShMOQDA

'​XORIJIY DAVLATLAR RAHBARLARI ShAVKAT MIRZIYoEVNI YuBILEY BILAN TABRIKLAShMOQDA'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevni yubileyi bilan chet davlatlarining rahbarlari qutlashmoqda.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlatimiz rahbarini telefon orqali tabrikladi.

Suhbat jarayonida Rossiya Prezidenti Shavkat Mirziyoevga mamlakat rahbarligida muvaffaqiyat tiladi, deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati. Shu bilan birga Prezidentlar 4-5 aprel kuni O`zbekiston Prezidentining Rossiyaga qilgan tashrifi chog`ida so`z yuritilgan ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni yo`lga qo`yish kabi dolzarb masalalarni ham muhokama etishdi.

Shu bilan birga davlatimiz rahbariga tabrik telegrammasi ham yuborildi.

“Siz O`zbekiston Respublikasi oldida turgan dolzarb muammolarni hal etuvchi, mamlakat rivojiga hissa qo`shuvchi inson sifatida nafaqat hamyurtlaringiz orasida, balki chet ellarda ham tajribali hamda uzoqni ko`ra oluvchi davlat rahbari sifatida nom qozongansiz. Rossiya va O`zbekiston o`rtasida strategik hamkorlik va ittifoqni yo`lga qo`yish bo`yicha yuritgan prinsipial siyosatingizni yuqori baholaymiz. Kelajakda ham Rossiya va O`zbekiston o`rtasida barqarorlik va xavfsizlikni ta`minlash maqsadida o`zaro manfaatli, do`stona, samarali natijalarni qo`lga kiritish ishlarida hamkorlikni davom ettirishdan umidvormiz.”

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin.

Belarus Respublikasi rahbari Aleksandr Lukashenko o`z nomasida quyidagilarni bildirdi:

“Belarusda sizni o`z fuqarolari tomonidan kuchli qo`llab-quvvatlanadigan, mamlakati ravnaqi, iqtisodiyotini mustahkamlash yo`lida, xalqaro obro`ga ega tajribali va aqlli davlat arbobi sifatida yaxshi bilishadi. Ikkitomonlama hamkorligimizning rivojlanishi Belarus va O`zbekistonning milliy manffatlariga mosligiga va kelgusida ham ko`ptomonlama munosabatlarni rivojlanishiga ishonchim komil.”

Boshqa yangiliklar