Afg`oniston ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, Qobuldagi terakt oqibatida 24 kishi halok bo`ldi, 42 yaralandi, ularning hammasi tinch aholi bo`lgan, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Xudkush-terrorchi o`tirgan avtomobil bugun tongda Qobuldagi oltinchi polisiya tumanida, Afg`oniston ijroiya hukumati rahbarining ikkinchi muovini Muhammad Muhaqiqiyning uyi yaqinida portlagan.
Voqea joyiga tez yordam mashinalari etib keldi. Portlash javobgarligini tolibonlar o`z bo`yniga oldi. Reyter agentligining ma`lum qilishicha, halok bo`lganlar soni 35 nafarga etgan. So`nggi oylarda Afg`onistondagi vaziyat yomonlashgan. Mamlakatning qishloqli tumanlarini egallab turgan “Tolibon” radikal harakati Afg`onistonning yirik shaharlariga hujumga o`tmoqda. Shu bilan birga mamlakat hududida DAISh ta`siri ham kuchaygan.






