​IIBB DO`MBIROBOD QABRISTONIDAGI TOShLAR NOMA`LUM ShAXSLAR TOMONIDAN BUZILGANLIGI HAQIDAGI XABARNI INKOR ETDI

Jamiyat 25.07.2017, 11:42
​IIBB DO`MBIROBOD QABRISTONIDAGI TOShLAR NOMA`LUM ShAXSLAR TOMONIDAN BUZILGANLIGI HAQIDAGI XABARNI INKOR ETDI

2017 yilning 23 iyul kuni soat 13:28da Podrobno.uz sayti orqali Chilonzor tumanida joylashgan Do`mbirobod qabristonidagi qabrlar ustiga o`rnatilgan yodgorlik toshlari noma`lum shaxslar tomonidan buzilganligi haqida maqola berilgan.

Ushbu xolat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur qabristonning 137-sonli kartasi o`rganib chiqilib, aslida qabrlarning ustiga singan daraxt shoxlari tushib, qabr toshlariga zarar etkanligi ma`lum bo`ldi.

Xolat bo`yicha Chilonzor tumanida joylashgan 2-sonli Do`mbirobod qabristoni direktori X.A.Nishonov, ushbu qabriston ishchilari O.C.Nuriddinov hamda R.D.Shermatovlarning tushuntirishlariga ko`ra, joriy yilning bahor oylarida yuz bergan kuchli shamollar oqibatida daraxtlar sinib qabr toshlari ustiga tushib, ularni sindirganligi, qabriston xududi maydoni katta bo`lganligi sababli barcha kartalarni tozalashga hamda ta`mirlashga ulgurmaganliklari, hozirgi kunda daraxtlarni butash va chiqindilarni tozalash ishlari olib borilayotganligi va ushbu obodonlashtirish ishlari yakuniga etgandan so`ng singan qabr yodgorlik toshlarini tiklanishi rejalashtirilganligini ma`lum qildilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1