Yaponiyaning aksariyat hududlarida havo haroratining keskin ko`tarilish oqibatida 6,37 ming kishi kasalxonaga yotqizildi, 6 kishi vafot etdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Jabrlanganlarning asosiy qismini 65 yoshdan oshgan insonlar tashkil etadi.
Tarkibida tez yordam xizmati bo`lgan o`t o`chirish boshqarmasi 17 iyuldan 23 iyulgacha bo`lgan ma`lumotnomani taqdim etdi. Asosan Tokianing poytaxt okrugi va Osaka, Xyogo, Saitama, Fukuoka, Aiti prefekturalari va Xokkaydo oroli aholisi jabrlangan.
Yaponiyaning bosh meteorologik agentligi bergan ma`lumotga ko`ra, yaqin kunlarda mamlakatning aksariyat hududlarida issiq ob-havo kuzatiladi. Havo haroratining oshib ketishi tufayli metereologlar odamlarni uzoq vaqt ko`chada yurmaslikka, ko`proq suyuqlik iste`mol qilishga va kondisionerdan foydalanishga chaqirmoqda.






