Vazirlar Mahkamasining 22.06.2017 yildagi 413-son "O`zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to`g`risidagi nizomga o`zgartirish kiritish haqida"gi qarori qabul qilindi, deb yozadi "Norma.uz"
"Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar — O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati to`g`risida"gi Qonun kuchga kirgungacha (15.09.2011 yilga qadar) berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan hamda bo`lish joyida hisobda turgan shaxslarga mazkur turar joylarni xususiylashtirish huquqi berildi.
Xususiylashtirish imkoniyati 2018 yil 1 iyulgacha taqdim etiladi. Mazkur sanaga qadar ushbu kvartiralarni xususiylashtirishga doir bitimlarni notarial tasdiqlashga hamda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida davlat ro`yxatidan o`tkazishga ruxsat etildi.
Natijada Ro`yxatning 1-bandiga muvofiq xususiylashtirilgan kvartiralar mulkdorlari bunday yo`l bilan tegishincha Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida bunday turar joy maydonida doimiy propiskadan o`tkaziladi.






