SAMARQANDDA ENGIL TABIATLI AYoL JAZMANINING O`LIMIGA SABABChI BO`LDI

Jamiyat 25.07.2017, 14:25
  SAMARQANDDA ENGIL TABIATLI AYoL JAZMANINING O`LIMIGA SABABChI BO`LDI

Samarqand shahridagi “Darg`om” kanali yonidan noma`lum erkak kishining boshida jarohatlari bilan jasadi topiladi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Surishtiruv ishlari natijasida jasadning shaxsi aniqlandi. Marxum Urgut tumanida yashagan K.B bo`lib chiqdi. Unga tegishli “NEXIA” rusumli avtomashina esa Samarqand shahrining Amir Temur ko`chasidan eshiklari qulflangan holda topilib, ko`zdan kechirish jarayonida avtomashinaning ba`zi joylarida qon dog`lari borligi aniqlandi.
Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida marxum K.B. jazmani L.N.ning uyiga kelib, rashk oqibatida unga tan jarohati etkazganligi, L.N. mahalla raisiga K.B.ni tartibga chaqirib qo`yishni so`raganligi va shu kuni tungi soat o`nlarda mahalla raisi L.D.ning uyiga kelib, K.B.ni uxlab yotganligidan foydalanib, boshiga bolta bilan urib o`ldirganligi ma`lum bo`ldi. Shundan so`ng L.N. va mahalla raisi jinoyatni yashirish uchun jasadni “Darg`om” kanaliga olib borib tashlaydilar.
Holat yuzasidan mahalla raisi va L.N.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1