Mumbayda odamlar yashaydigan uy qulab, 30 kishi vayronalar ostida qoldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Voqea bugun ertalab, Mumbayning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Gxatkopar tumanida ro`y berdi. Voqea joyiga etib kelgan qutqaruvchilar va o`t o`chiruvchilar vayronalar ostidan 9 kishini qutqardi, ulardan 2 nafari halok bo`ldi, yana 30 nafar odam qulagan bino tagida qolgan.
Hozircha voqea sabablari noma`lum. Hindistonda xavfsizlik me`yori talablariga javob bermaydigan, sifatsiz qurilish materiallari asosida qurilgan binolar shu tarzda qulashi oddiy holga aylangan.






