AsosiyDunyo

​ISPANIYaDA TENNIS KOPTOKChASI HAJMIDAGI DO`L YoG`DI (VIDEO)

'​ISPANIYaDA TENNIS KOPTOKChASI HAJMIDAGI DO`L YoG`DI (VIDEO)'ning rasmi

Ispaniyaning sharqiy qsmida joylashgan Teruel provinsiyasida tennis koptokchasi hajmida do`l yog`di, deb xabar berdi 1tv.ru nashri.

15 daqiqa davomida ko`chalar do`l bilan bilan qoplandi. Koptokcha hajmidagi do`l uylarning tomlarini, mashina oynalarini, qahvaxona soyabonlarini osonlik bilan teshib o`tdi. Do`l shiddat bilan boshlanganiga qaramay, kutilmaganda birdan to`xtadi.

Kattalar tabiiy ofat etkazgan zararni hisoblayotgan bir paytda o`smirlar do`l bilan o`ynashga harakat qildi. Chunki ular qishda ham bunday muz parchalarini ko`rish imkoniyatiga ega emas.

    Boshqa yangiliklar