1

​O`ZBEKISTONDA "QAYNONALAR KENGAShI" TAShKIL ETILDI

Jamiyat 25.07.2017, 16:50
​O`ZBEKISTONDA "QAYNONALAR KENGAShI" TAShKIL ETILDI

O`zbekistondagi 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig`inlarida "Qaynonalar kengashi" tashkil etildi.

Bu haqda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi o`rinbosari Gulnora MA`RUFOVA O`zAga bergan intervyusida aytib o`tdi.

"Ota-bobolarimiz kelin tushganidan so`ng 40 kun chilla saqlagan. Shu davrda qaynonalar kelinchakni yoniga olib, ro`zg`orning past-balandini, uydagi sharoitni o`rgatgan. Afsuski, bugungi zamonaviy qaynonalarning ayrimlari hali yosh, tajribasiz bo`lgani sababli kelinlarga qanday munosabatda bo`lishni bilmaydi. Ko`pni ko`rgan, nuroniy qaynonalarning tajribasini ommalashtirish, ularning oila tutumi, kelin va farzandlarga muomala munosabatlardagi hayotiy saboqlarini yosh qaynonalar o`rtasida keng targ`ib etish, oilalarda sog`lom ma`naviy muhitni qaror toptirish maqsadida 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig`inlarida “Qaynonalar kengashi” jamoat tuzilmasi tashkil etildi. Mazkur jamoat tuzilmalari faoliyati Toshkent va Andijon viloyatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahrida yaxshi yo`lga qo`yilgan bo`lib, ular faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari Xotin-qizlar qo`mitasi vakillari tomonidan o`rganib borilmoqda",—deydi Gulnora MA`RUFOVA.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1