25 iyul kuni soat taxminan 16:30 larda Toshkentning Yashnobod tumani Qo`yliq-3 dahasida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.
Bu haqda Facebook`ning "Voditeli Tashkenta" guruhida fotoxabar qoldirilgan.
Guvohlarning so`zlariga ko`ra, Gentra avtomobili haydovchisi yuqori tezlik tufayli boshqaruvni yo`qotgan va transport vositasi yo`ldan chetga chiqib ketgan.
Gentra taxminan 120 km/soat tezlikda kelib, yo`ldagi chuqurga tushib ketgan va daraxtga urilgan.
Suratda mashinaning old va tepa qismlari butunlay tiklab bo`lmaydigan holatda ekanligini ko`rish mumkin. YTH oqibatida avtomobil haydovchisi Rinat ismli yosh yigit va uning yo`lovchisi bo`lgan yana bir yigit halok bo`lgan. Guvohlarning yozishicha, tez yordam tezda etib kelgan. Biroq, ular kelganida Gentra haydovchisi jonsiz bo`lgan, uning yo`lovchisi esa shifoxonada vafot etgan.