​ODAM SAVDOSINING QURBONIGA AYLANGAN O`ZBEKISTON FUQAROLARI VATANGA QAYTARILDI

Jamiyat 26.07.2017, 11:33
​ODAM SAVDOSINING QURBONIGA AYLANGAN O`ZBEKISTON FUQAROLARI VATANGA QAYTARILDI

O`zbekiston Respublikasining Islomobod shahridagi Elchixonasi ma`lumotlariga ko`ra, Pokistonga ishlash maqsadida borgan va odam savdosining qurboniga aylangan fuqarolar Z.A. va Sh.X. 2017 yil 20 iyul kuni “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining Lahor-Toshkent reysi bilan vatanga qaytarildilar.

Ular yaqindagina voqea joyidan qochib O`zbekiston Elchixonasiga murojaat qilishga muvaffaq bo`ldilar.

Pokiston Ichki ishlar vazirligi va Tergov bo`yicha federal byurosi ko`magida kirish va chiqish qoidalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasdan vatanga qaytishlari bo`yicha tezkor choralar ko`rildi.

O`zbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi hamyurtlarimizni chet elga chiqishdan oldin xorijiy davlatning tegishli qonunchiligini e`tibor bilan o`rganishga hamda qat`iyan qonun doirasida harakat qilgan holda ish qidirishga va ogoh bo`lishga chaqiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1