1

​ROSSIYaLIK ISLOM DINI ULAMOLARI TOShKENTGA KELDI

Jamiyat 26.07.2017, 12:07
​ROSSIYaLIK ISLOM DINI ULAMOLARI TOShKENTGA KELDI

Joriy yilning 24 iyul kuni Rosssiya Federasiyasining bir qator ko`zga ko`ringan islom dini vakillaridan iborat delegasiyasi Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan keldi, deya xabar beradi Din ishlari bo`yicha qo`mita Axborot xizmati.

Delegasiya tarkibida Moskva musulmonlari diniy idorasi va Markaziy region "Moskva muftiyati" muftiysi Albir xazrat Krganov, Tatariston Respublikasi muftiysi Kamil xazrat Samigullin, muftiy o`rinbosari Mansur Jalaletdinov va Rossiya islom ta`limi bo`yicha Kengash rahbari, shuningdek, Rossiya islom universiteti rektori Rafiq Muxametshin, Xalqaro islom biznesi Ittifoqi prezidenti Marat Kabaev va boshqa martabali mehmonlar yurtimizga tashrif buyurdilar.

Delegisiya tashrifi doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Ortiqbek Yusupov, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenov bilan uchrashuvlar o`tkazildi.

Shuningdek, mehmonlar Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi ko`hna obidalarni ziyorat qilishadi. Xususan, O`zbekistonning Birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov qabrlari, "Mir-Arab" madrasasi hamda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1