1

​MARKAZIY OSIYoDA JAZIRAMA ISSIQ HARORAT REKORDLARI QAYD ETILMOQDA

Jamiyat 26.07.2017, 14:48
​MARKAZIY OSIYoDA JAZIRAMA ISSIQ HARORAT REKORDLARI QAYD ETILMOQDA

Markaziy Osiyo mamlakatlarida noodatiy issiq harorat qayd etildi.

Buning sababi Eron va Iroq cho`llaridan kirib kelayotgan kamharakat antisiklon.

Qozog`iston, Turkmaniston va Qirg`iziston havo harorati 40 darajadan oshmoqda. Issiq tarqalayotgan Iroqda harorat 50 darajani tashkil qilmoqda.

25 iyul kuni maksimal harortaning yangi rekordlari qayd etildi: Qizilo`rdada 43,7 daraja, Bishkekda 37,0 daraja, Turkistonda 42,5 daraja.

O`zbekistonda issiq rekord hali qayd etilganicha yo`q, ammo havo harorati maksimal ko`rsatgichga yaqinlashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1