NASA mutaxassislari va Lockheed Martin aviaqurilish kompaniyasi ovoz tezligida va shovqinsiz uchuvchi samolyot loyihasi ustida ish olib bormoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Samolyot Nyu-York va London oralig`idagi 5,5 ming kilometr masofani uch soatda bosib o`tishga moslashtirilgan. Mazkur samolyot masofani ikki karra qisqartiradi. OAVlarning ma`lumot berishicha, ovoz tezligida uchuvchi samolyotda bir tomonga parvoz qilish chiptasi oddiy samolyotning biznes klassidagi kabi 2000 funt sterlingdir.
Havo layneri 16,7 kilometr balandlikda parvoz qiladi, shovqinining maksimal darajasi 60-65 akustik desibelni tashkil etadi. Mazkur laynerning aerodinamik quvurda kichraytirilgan modeli o`tgan oyda sinovdan o`tkazildi. Ayni paytda NASA loyihani amalga oshiradigan va to`liq hajmdagi modelni yaratadigan investorni qidirmoqda.






