1

​IKKI BOLANING O`LIMIGA SABABChI BO`LGAN HAYDOVChI 10 YILGA OZODLIKDAN MAHRUM ETILDI (VIDEO)

Jamiyat 27.07.2017, 10:43
Teglar: YTH
​IKKI BOLANING O`LIMIGA SABABChI BO`LGAN HAYDOVChI 10 YILGA OZODLIKDAN MAHRUM ETILDI (VIDEO)

Mastlikda avtomobil boshqarib, ikki insonning o`limiga sabab bo`lgan haydovchiga hukm o`qildi.

2017 yilning 29 mart kuni kechasi taxminan soat 23:00da Tayloq tumani Madaniyat mahallasidan o`tuvchi Samarqand-Sadriddin Ayniy A-377 avtomobil yo`lida Urgut tumani Boybul qishlog`ida yashovchi haydovchi Rustamov Eldor Abdujabborovich boshqarish huquqini beruvchi xujjatlarsiz “Lasetti” rusumli avtomashinani yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzib, spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatda boshqarishi oqibatida Samarqand-Urgut yo`nalishi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtda Tayloq tumani Madaniyat qishlog`ida yashovchi Akobir Qurbonov, Muhammadjon Muhammadiev va Umid Suvonovlarni urib yuborib, yo`l-transport xodisasi sodir qildi.

Ro`y bergan mudxish yo`l transport hodisasida voqea joyida jabrlanuvki Akobir Qurbonov vafot etgan bo`lsa, Muhammadjon Muhammadiev shifoxonada hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda Samarqandning STV telekanali maxsus lavha efirga uzatdi.

Mazkur holat bo`yicha viloyat yo`l harakat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari natijasida muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140 va 109-moddalari bilan sudlangan fuqaro Eldor Rustamov mast holatda, yo`l harakati qoidalarining 109-bandiga ko`ra tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyiga kelganda yuqori tezlikda yo`lning o`ng tomonidan harakatlanib kelayotgan piyodalarni urib yuborganligi aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Tayloq tuman sudi tomonidan “Xurshid trans” mas`uliyati cheklangan jamiyati binosida o`tkazilgan sayyor sudda yo`l transport hodisasi bo`yicha tuzilgan jinoyat ishi hujjatlari atroflicha o`rganilib sudlanuvchi, jabrlanuvchining qonuniy vakillari va guvohlarning ko`rsatmalari va fikrlari tinglandi.

Yo`l transport qoidalariga amal qilmasdan, hech qanday hujjatsiz, mast holatda avtomashina boshqarib ikki kishining o`limiga sababchi bo`lgan Eldor Rustamov ustudan sud hukmi o`qildi. Sud hukmiga ko`ra sudlanuvchi Rustamov Eldor Abdujabborovich O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, 3 yil muddatga transport vositasini haydash huquqidan mahrum qilinib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Farhod NORBO`TAEV



Sharhlar

Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

12.05.2023, 09:55

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...
Qoraqalpog`istonda "Nexia-3" va yuk mashinasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi, 5 odam halok bo`lgan (video)

06.02.2023, 13:36

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida katta avariya sodir bo`ldi (video)

13.01.2023, 09:20

Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1