1

​ROSSIYaGA JO`NAB KETAYoTGAN BIR GURUH MEHNAT MUHOJIRLARINI KUZATISh MAROSIMI BO`LIB O`TDI

Jamiyat 27.07.2017, 11:06
​ROSSIYaGA JO`NAB KETAYoTGAN BIR GURUH MEHNAT MUHOJIRLARINI KUZATISh MAROSIMI BO`LIB O`TDI

26 iyul kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi binosida Rossiya Federasiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining bir guruhi Mehnat va bandlik munosabatlari vaziri A.Abduhakimov bilan uchrashdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Vazirning ta`kidlashicha, O`zbekistonda mehnat migrasiyasi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Rekruting faoliyati to`g`risidagi, mehnat migrasiyasi to`g`risidagi, yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirilmoqda hamda lisenziya va ruxsat berish hujjatlari soddalashtirilmoqda.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi O`zbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlarini himoya qilish uchun mamlakatimiz fuqarolari eng ko`p mehnat qilayotgan davlatlarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Agentlikning vakolatxonalarini ochish masalasi ishlab chiqilmoqda. Jumladan, Rossiya Federasiyasi va Koreya Respublikasida. O`zbekistonning Samarqand va Farg`ona shaharlarida mehnat migrantlariga hamkorlikda ko`maklashishga qaratilgan turli markazlar ochilmoqda.

Ayni paytda, hukumatlararo Bitimni hayotga joriy etish mexanizmlarini yaratish bo`yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Rossiyalik ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan turli mutaxassisliklar bo`yicha tashkiliy tanlov boshlandi. Allaqachon haydovchilar, tikuvchilar, qurilish bo`yicha mutaxassislar, sozlovchilar, tokarlar va boshqalar bo`yicha tanlov va saralash ishlari olib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2017 yil 12 apreldagi PQ-2885-son qarorini bajarish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi tomonidan Rossiya Federasiyasidagi mehnat migrantlarining muammolarini tezkor hal qilish, ularning mehat faoliyatini qonuniylashtirish hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, odam savdosi bilan bog`liq holatlarning oldini olish, ularning turli buzg`unchi kuchlarning salbiy ta`siri ostiga tushib qolmasligini ta`minlash maqsadida Rossiya Federasiyasining tegishli tashkilotlari va muassasalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Mazkur tadbirda Rossiyaning mehnat migrantlariga huquqiy ko`maklashish bo`yicha Agentligi vise-prezidenti Yu.Sluskaya, Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi Elchixonasi maslahatchisi E.Chistova, turli vazirliklar va muassasalar, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1