1

​O`ZBEKISTON PREZIDENTI HINDISTON PREZIDENTINI TABRIKLADI

Jamiyat 27.07.2017, 11:11
​O`ZBEKISTON PREZIDENTI HINDISTON PREZIDENTINI TABRIKLADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ram Nath Kovindni Hindiston Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezidentning rasmiy sayti xabar berdi.

“Sizning ushbu g`oyat mas`uliyatli lavozimga saylanishingiz, avvalambor, Hindiston xalqining Sizga bo`lgan katta ishonchi ifodasi, ko`p yillik siyosiy faoliyatingiz, boy hayotiy tajribangizga berilgan xolis va haqqoniy bahodir”, deya qayd etdi davlatimiz rahbari.

Maktubda o`zaro manfaatlarga javob beradigan barcha yo`nalishlarda uzoq muddatli strategik aloqalarni izchil va bosqichma-bosqich rivojlantirib borishdan O`zbekiston tomoni manfaatdor ekanligi ta`kidlandi.

“Davrlar va hayot sinovidan o`tgan O`zbekiston va Hindiston o`rtasidagi do`stlik rishtalari xalqlarimizning ko`p asrlik yaqin munosabatlari asosida bugungi kunda muvaffaqiyatli rivojlanib va mustahkamlanib borayotganini alohida ta`kidlashni istardim”, – deyiladi O`zbekiston Prezidentining maktubida.

Shavkat Mirziyoev Ram Nath Kovindga mustahkam sog`lik va mas`uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar, do`st hind xalqiga bardavom tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tiladi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1