1

​TEST SINOVLARIGA TELEFON OLIB KIRIShGA URINGAN ABITURIENT TESTDAN ChETLATILADI

Jamiyat 27.07.2017, 14:26
​TEST SINOVLARIGA TELEFON OLIB KIRIShGA URINGAN ABITURIENT TESTDAN ChETLATILADI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1 avgust kuni o`tkaziladigan test sinovlariga telefon olib kirishga uringan barcha abiturientlar testdan chetlatiladi.

Joriy yilda universitetda bo`lib o`tadigan kirish imtihonlarida adolatni ta`minlash maqsadida bir qator yangiliklar joriy etildi va 1 avgust kuni ham yana qator yangiliklar joriy etiladi.

Shunday yangiliklardan biri – test sinovlari o`tkaziladigan binoga kirishda abiturientning mikrokalkulyator, lug`at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikasiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilgani nazoratchilar tomonidan aniqlansa, o`sha abiturientga dalolatnoma tuzilib, u test sinovlaridan chetlashtiriladi.

Aslida ushbu qoida yangilik emas. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi Nizom”da ham, undan oldin amalda bo`lgan Nizomlarda ham mazkur qoida belgilab qo`yilgan edi. Biroq, ushbu qoidaga doim ham qat`iy amal qilinmas, abiturientlarning mazkur nojo`ya hatti-harakati aksariyat hollarda kechirilar edi.

Endi joriy yildan boshlab, mazkur qoidaga qat`iy amal qilinadi. Test sinovlari o`tadigan binoga qo`shimcha vositalar olib kirishga uringan abiturient aniqlangan zaxoti test sinovlariga kirgizilmasdan, imtihondan chetlashtiriladi. TATU qabul komissiyasi bergan ma`lumotga ko`ra, barcha abiturientlar nomiga maxsus ogohlantirish xatlari tayyorlandi va DTM varaqasini olishga kelgan har bir abiturientga taqdim etilib, yana bir bor bu haqida ogohlantiriladi.
Eslatib o`tamiz, joriy yilda TATUga 1600 nafar talaba qabul qilinadi.

2017 yilda TATUga 12234 nafar abiturient xujjat topshirgan. Shundan, o`zbek guruhlariga 9688 nafar, rus guruhlariga 2536 nafar; 2016 yil bilan solishtirilganda abiturientlar soni 1579 (14,8) nafarga oshgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1