Bugun, 27 iyul kuni ertalab soat 8:40 da «O`zbekiston havo yo`llari» MAKning Boeing 787 Dreamliner samolyoti Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportdan Nyu-Yorkka parvoz qildi.
Bu ilk qo`nishsiz parvoz bo`lib, mamlakatimiz fuqaro aviasiyasi hayoti va milliy aviatashuvchi rivojida haqiqattan ham yangi davr sanaladi.
13 soat davom etadigan Nyu-Yorkka to`g`ridan-to`g`ri reysni «O`zbekiston havo yo`llari»ning Uchuvchilar majmuasi direktori o`rinbosari Sergey Kim, bosh shturman Stanislav Gurfinkel, Boeing 787 yozgi otryad komandiri Asadjon Tursunov, ikkinchi uchuvchilar Rustam Qo`rg`onov va Olimjon Uzoqovdan iborat ekipaj amalga oshiradi.
Milliy aviatashuvchining 237 nafar yo`lovchidan iborat samolyoti Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportga mahalliy vaqt bilan soat 21:30 da qo`nadi.
Nyu-Yorkdan Toshkentga «orzu layneri» havo kema komandiri Pavel Morgachev, Boeing 787 yozgi otryadi yo`riqchi-uchuvchisi Aleksey Markin va ikkinchi uchuvchi Ulug`bek Ishmuhammedov boshchiligida parvoz qiladi.
Ushbu tarixiy hodisa munosabati bilan poytaxt aeroportida Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo`nalishida qo`nishsiz parvozni amalga oshirgan Drimlaynerni tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tadi.






