1

​MOSKVA — VLADIVOSTOK REYSI YO`LOVChISI SAMOLYoTDA 2 MILLION RUBLNI UNUTIB QOLDIRDI

Dunyo 28.07.2017, 09:21
​MOSKVA — VLADIVOSTOK REYSI YO`LOVChISI SAMOLYoTDA 2 MILLION RUBLNI UNUTIB QOLDIRDI

Moskva-Vladivostok aviareysi yo`lovchisi samolyotda ikki million rubl solingan sumkani va qimmatbaho buyumlarini unutib qoldirdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Rossiya IIVning rasmiy vakili Irina Volkning ma`lumot berishicha, aviakompaniya Primore transport polisiyasiga sayohatchilardan biri pul solingan sumkani unutib qoldirgani yuzasidan murojaat qilgan. Aviakompaniya sumkada puldan tashqari uyali aloqa telefoni, planshet borligini, birorta shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo`qligini ma`lum qilgan.

Polisiyachilar sumkaning egasi 53 yoshli, Primore o`lkasida yashovchi erkak ekanligini aniqlashdi. Ular aloqaga chiqib, unga unutib qoldirgan buyumlarini va pullarni qaytarishdi. Erkak parvoz davomida qiynalganligi tufayli parishonxotirlik bilan narsalarini unutib qoldirganligini bildirdi. U polisiyachilar qo`ng`iroq qilgandan keyingina buyumlari yo`qolganligini bilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1