AsosiyDunyo

​MEXIKO METROSIDA 35 KIShI TUTUNDAN ZAHARLANDI

'​MEXIKO METROSIDA 35 KIShI TUTUNDAN ZAHARLANDI'ning rasmi

Meksika poytaxti Mexiko metrosida payshanba kuni yoqilg`i mahsulotining tutuni tufayli 35 kishi zaharlandi, deb xabar berdi News.mail.ru nashri.

Hodisa “Xuanakatlan” va “Chapultepek” bekatlari orasida ro`y berdi. Tutun chiqishiga elektro`tkazgichdagi qisqa tutashuv sabab bo`ldi. Tutun ikki bekat oralig`iga tarqalgani uchun poezd vagonlaridagi odamlar jabrlandi.

Mexiko metropoliteni rahbariyati bergan ma`lumotga ko`ra, besh kishi birinchi tibbiy yordam ko`rsatish uchun tibbiyot markaziga olib ketilgan.

    Boshqa yangiliklar