1

​XITOYLIK SAYYoH AYoL TAILANDDA FOTOSESSIYa VAQTIDA HALOK BO`LDI

Dunyo 28.07.2017, 11:08
​XITOYLIK SAYYoH AYoL TAILANDDA FOTOSESSIYa VAQTIDA HALOK BO`LDI

O`ttiz yoshli xitoylik sayyoh ayol Tailandning Pxuket orolida dengiz to`lqini fonida fotosessiya qilayotganda halok bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Fojia Kamala Bich plyajida ro`y berdi. Xitoylik sayyoh ayol qoyaga chiqib, dengizga orqa o`girgancha fotosessiya qilgan. Uni turmush o`rtog`i suratga olgan. Birdan ayolning ortida ko`tarilgan kuchli to`lqin uni dengizga qa`riga olib ketgan.

Ayolning turmush o`rtog`i va boshqa sayyohlar uni qutqarishga harakat qildi, voqea joyiga qutqaruvchilar etib keldi. Biroq ayol suvdan olib chiqilganda, olamdan o`tgan edi.

Polisiyaning ma`lumot berishicha, ayol turmush o`rtog`i bilan birga fojia yuz bergan joydan uzoq bo`lmagan “lyuks” villada yashagan.

Ayni paytda aksariyat Pxuket plyajlari cho`milishni taqiqlovchi qizil bayroqchalar ilingan. Mamlakatda may oyidan oktyabr oyiga qadar yog`ingarchilik mavsumi davom etadi. Bu paytda Tailandning janubiy qismidagi kurortlarda tez-tez dovul ko`tarilib, dengiz to`lqini 2,5-3 metr balandlikkacha ko`tariladi.

So`ngggi oylarda qizil bayroqchalarga e`tibor bermay, cho`milishda davom etgan bir nechta mahalliy va xorijlik sayyohlar halok bo`ldi. Bunday paytda nafaqat dengizda cho`milish, balki unga yaqin kelish ham juda xavflidir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1