1

​GOLF KOPTOKChASI HAJMIDAGI DO`L ISTANBUL OSMONIDA PARVOZ QILAYoTGAN SAMOLYoT OYNASINI SINDIRDI

Dunyo 28.07.2017, 12:11
​GOLF KOPTOKChASI HAJMIDAGI DO`L ISTANBUL OSMONIDA PARVOZ QILAYoTGAN SAMOLYoT OYNASINI SINDIRDI

Istanbulda ko`tarilgan kuchli dovul va yomg`ir oqibatida bir necha kishi jabrlandi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Avialayner kuchli va yirik do`l oqibatida Istanbul shahrida favqulodda qo`nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Xabar qilinishicha, samolyot parvoz qilayotgan vaqtda golf koptokchasi hajmidagi do`l uchuvchilar kabinasi oynasini sindirgan.

27 iyul, payshanba kuni Istanbul shahrida kuchli dovul ko`tarilib, yomg`ir yog`di. Yog`ingarchilik oqibatida ko`chalarni, er osti o`tish yo`llarini suv bosdi, daraxtlar va bir nechta minorali kranlar ag`darildi, shu bilan birga Kyuchyukchekmeje tumanidagi minora ham quladi.

Kuchli dovul oqibatida 10 ga yaqin odam jabrlandi, ularning 2 nafari og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1