1

TRAMP ChIZGAN SURAT AUKSIONDA 30 MING DOLLARGA SOTILDI

Dunyo 28.07.2017, 13:59
TRAMP ChIZGAN SURAT AUKSIONDA 30 MING DOLLARGA SOTILDI

AQSh prezidenti Donald Trampning 2005 yilda xayriya tadbirida chizgan surati Nate D. Sanders Auctions auksion uyining kim oshdi savdosida 29 ming 184 dollarga sotildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Suratda Nyu-York shahri va kampozisiyaning markazida Trump Tower osmono`par binosi aks etgan. Surat tagiga AQSh prezidenti zarhal marker bilan imzo chekkan.

Kim oshdi savdosi haqida 24 iyul kuni ma`lum qilingan edi. Suratning ilk narxi 9 ming dollar, deb belgilandi. Hozircha suratni sotib olgan xaridorning nomi oshkor etilmadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1