AsosiyDunyo

POKISTON BOSh VAZIRI HOKIMIYaTDAN ChETLAShTIRILDI

'POKISTON BOSh VAZIRI HOKIMIYaTDAN ChETLAShTIRILDI'ning rasmi

Pokiston Oliy sudi mamlakat bosh vaziri Navoz Sharif hokimiyatdan chetlatilgani haqida ma`lum qildi, bunga uning oila a`zolariga korrupsiya bilan bog`liq jinoyatlar bo`yicha ayblov qo`yilgani sabab bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Avvalroq Sharifning qarindoshlari ismlari “Panama hujjatlari”da paydo bo`lgandi: OAVlarda bosh vazir oilasining offshor kompaniyalar bilan aloqalari haqida ma`lumotlar tarqaldi.

Ta`kidlanishicha, bosh vazirni hokimiyatdan chetlatish haqidagi qaror bir ovozdan qabul qilingan, sud bosh vazirga nisbatan jinoyat ishini ochish haqida qaror qabul qilgan.

Eslatib o`tamiz, Navoz Sharif Pokiston bosh vaziri lavozimini 2013 yilning iyunida egallagan. Ungacha 1990-1993, 1993-1997, 1997-1999 yillarda uch marotaba mazkur lavozimda xizmat qilgan.

    Boshqa yangiliklar