AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV KARDIOLOG ANIS LYuTFULLAEVICh ALYaVINI MUKOFOTLADI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV KARDIOLOG ANIS LYuTFULLAEVICh ALYaVINI MUKOFOTLADI'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Farmoniga ko`ra, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha ilmiy rahbari Anis Lyutfullaevich Alyavi “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sog`liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Anis Alyaviga ushbu unvon mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizimidagi ko`p yillik samarali va fidokorona mehnati, yurtimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash ishlariga qo`shgan munosib hissasi, sohaga oid islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng joriy etish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan taqdim etildi.

Anis Lyutfullaevich Alyavi — taniqli fan arbobi, terapevt, kardiolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, O`zbekiston terapevtlar assosiasiyasining raisi. U yuqori malakali klinisist, iqtidorli olim, iste`dodli pedagog va mohir tashkilotchi sifatida terapiya va kardiologiya sohasining mamlakatimizdagi rivoji uchun munosib hissa qo`shib kelmoqda. Uning rahbarligida 22 nafar fan doktori, 52 nafar fan nomzodi etishib chiqqan.

Professor A.Alyavi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida bo`lim xodimlari bilan birgalikda o`tkir miokard infarktini tashxislash, davolash yo`llarini takomillashtirish bo`yicha koronaroangiografiya va agioplastika usullarini keng yo`lga qo`ygan.

Boshqa yangiliklar