12.11.2013 09:09
Vengriya va O`zbekiston oliy qonun chiqaruvchi organlari o`rtasidagi hamkorlik muhokama etildi
Muloqotlar chog`ida O`zbekiston va Vengriya o`rtasidagi hamkorlik barcha yo`nalishlar, jumladan, parlamentarizm sohasida ham izchil rivojlanayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo`lib xizmat qilayotgani ta`kidlandi, deb xabar beradi O`zA. Uchrashuvda ikki mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organlari o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Delegasiya a`zolari mamlakatimizning boshqa bir qator vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o`tkazdi.





