AsosiyJamiyat

TOShKENT ShAHRI YO`LOVChI TRANSPORTININGBOShQARUV TIZIMIGA YaNGI RAHBAR TAYINLANDI

'TOShKENT ShAHRI YO`LOVChI TRANSPORTININGBOShQARUV TIZIMIGA YaNGI RAHBAR TAYINLANDI'ning rasmi

Toshkent shahar hokimining 2017 yil 28 iyuldagi qaroriga asosan Xosil Xusanovich Xalmatov Toshkent shahar hokimligi Yo`lovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti boshlig`i etib tayinlandi.

Bunga qadar Xosil Xalmatov “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisining o`rinbosari – bosh muhandis lavozimida faoliyat olib borgan.

X.Xalmatov 2004 yildan buyon Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston liberal-demokratik partiyasining a`zosi hisoblanadi. 2014 yildan esa ushbu partiyadan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining deputatligiga saylangan.

Toshkent shahar hokimligi Yo`lovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamentining asosiy vazifalari barcha transport turlari harakatini muvofiqlashtirish, yo`nalishlar tarmog`ini tartibga solish va maqbul holga keltirish, shaharda yo`lovchi tashish bo`yicha buyurtmachi vazifasini bajarish, lisenziyalar berish huquqiga ega bo`lgan holda yo`lovchi tashish yo`nalishlarini qat`iy tender asosida belgilash, raqobat muhitini vujudga keltirish va mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha yo`lovchi tashuvchilar (“Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi yo`lovchi tashuvchi korxonalar va yo`lovchi tashish bilan shug`ullanuvchi mas`uliyati cheklangan jamiyatlar) uchun transport xizmatlari bozorida teng sharoit yaratish, jamoat transporti ishi natijasi va samaradorligini baholash va boshqalar hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar