1

​O`G`RILAR MALIKA DIANANING QABRINI OChIShGA 4 MAROTABA URINIShDI

Dunyo 31.07.2017, 09:53
​O`G`RILAR MALIKA DIANANING QABRINI OChIShGA 4 MAROTABA URINIShDI

O`g`rilar 1997 yilda halok bo`lgan malika Diananing sag`anasini 4 marotaba ochishga harakat qilishdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Bu haqda marhumaning akasi Charlz Spenser ma`lumot berdi.

1997 yilning 31 avgust kuni Dodi al-Fayed bilan Parijda YTHga uchragan malika Diana Spenserlarga tegishli bo`lgan Nortgemptonshir grafligidagi Eltorp oroliga dafn etilgan. Ayni paytda Charlz Spenser bu erning egasi hisoblanadi. Uning aytishicha, noma`lum shaxslar Diananing sag`anasiga 4 marotaba kirishga urinishgan.

Ammo ularning birortasi o`z maqsadiga etmagan. Taxminlarga ko`ra, noma`lum shaxslar Malika Diananing qabrini suratga olib, uni Evropa nashrlariga qimmat narxda pullamoqchi bo`lgan. Chunki birorta Britaniya nashri mazkur fotosuratni chop etmaydi.

Charlz Spenserning ma`lumot berishicha, avvaliga Diananing oilasi uning jasadini oilaviy qabristonga dafn etishoqchi bo`ldi. Ammo malika dafn etilgan joyga ziyoratchilar oqib kelishi oqibatida mahalliy aholiga noqulaylik tug`dirmaslik uchun uni Spenserlar besh yuz yildan beri egalik qiladigan orolga dafn etishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1