1

Taomnomaga qarab tashxis

Salomatlik 31.07.2017, 10:06
Teglar: Salomatlik
Taomnomaga qarab tashxis

Ma`lumki barcha jonivorlar o`z ozuqasini instinkt orqali topish xususiyatiga ega. Bizda insonlarda ham shunday ozuqiy intuisiya mavjud, ammo afsuski xar doim xam organizmimizning bu signallariga quloq tutavermaymiz. Ovqatga nisbatan his etish instinktini qanday anglash va shakllantirishni tushunib olsangiz, o`zingiz uchun eng yaxshi dietolog bo`lishingiz turgan gap.Buning uchun esa shunchaki, ishtahangizga qulok tuting va muammoingiz aynan nimada ekanlini anlab oling.

1. Yog` surtilgan nonu serdumba go`sht ko`nglingizni aynitadimi?

Unda zudlikda shifokorga uchrang va UZI tekshiruvidan o`ting.Chunki sizning o`tingiz yallig`langan yoki unda tosh paydo bo`lganligi ehtimoldan xoli emas. Shuningdek, bunday holatlar virusli gepatitning yashirin turida ham namoyon bo`ladi. Oqibatda zararlangan jigaringiz sifatsiz zardob ajrata boshlagani uchun ham yog`li ovqatlar ko`nglingizni aynitayotgan bo`lishi mumkin. Chunki bunday zardob organizmga tushgan yog`ni juda yomon parchalaydi.

2. Sutli bo`tqalarga sira xushingiz yo`qmi?

Demak organizmingizga kalsiy etishmaydi. Buni ishonch bilan aytishimizga sabab, ayollarning deyarli 30,5-33,1 %i aynan shu modda etishmasligidan aziyat chekadilar.Sutli, ayniqsa manna yormali bo`tqalar organizmning ichki muhitini «achitish» orqali tish va suyaklardagi muxim mikroelementlarning ajralib chiqishiga ko`maklashadi. Shu sababdan ham sut mahsulotlariga “allergiyasi” borlar odatda bo`r yoki ohak g`ajishni yaxshi ko`radi.

3. Birdan shirinlikka ruju qo`ydingizmi?

Agar bunga qadar shiraxo`rlik sizga yot bo`lib kelgan ekan, demakki bu ishtiyoqning jiddiy sabablari bor. Bu shunchaki lahzalik istak emas, aksincha sizning miyangiz “glyukozaaa!” deb bong urayotganidan dalolatdir. Chunki qoningizda aynan ana shu modda keskin kamayib ketgan. Tezda bir piyola novvot choy ichib olsangiz, naqadar rohatlanganingizni o`zingiz ham sezasiz.

4. Ba`zida quruq yormalar (ayniqsa grechka)ni xomligicha egingiz keladimi?

Sizga temir moddasi etishmayotganidan dalolatdir. Ko`nglingiz tortayotgan bu narsani eyishdan uyalarsiz va yo buni bir bema`nilikka yo`yarsiz, ammo tushuning zabonsiz organizmingiz bundan ortiq ishtaha ochar, ishonchli va albatta eyish mumkin bo`lgan usulni bilmaydida. Biroq o`zingiz buni bilishingiz shart. Yaxshisi bunday paytda o`zingizni bir burda qora non va go`sht, undan keyin esa bitta olma bilan siylang.

5. Xayolingizdan shokoladli tortu kremli pirojniylar ketmay qoldimi?

Kuzgi yog`inli kunlarning boshlanishida negadir organizmda tushkunlik holati yuzaga keladi. Yog`li va shirin pishiriqlar kishiga misli o`tirib qolgan batareykalarga akkumlyator kabi zarurdir. Bosh miya katakchalari bu mahsulotlardan kuch olib, sizni quvonch gormonlari bilan oziklantiradi.

6. Butun boshli oq piyoz yoki sarimsoqni paqqos tushirgingiz kelyaptimi?

Bu immunitetingiz pasayganidan dalolat. Shamollashdan ehtiyot bo`ling. Ammo shunchaki ko`proq go`shtli qovurdok eb yuborgan bo`lishingiz ham mumkin. Oq piyoz va sarimsoq xayvon oqsillarini tezda parchalab yuboradi.

7. Hatto tushingizda ham qizil mevalar egingiz kelyaptimi?

Zudlikda okulistga uchrashing. Ko`rish qobiliyatingizda muammo paydo bulibdi. Aynan maymunjonlar, ayniqsa chernika A vitaminiga boy bo`lib, ko`rish qobiliyatini tiklashga qo`maklashadi.

8. Qatiq, karam tuzlamasi, limon, anor va boshqa nordon sharbatlarni yoqtirmasangiz…

Demak oshqozon kislotasi oshib ketgan. Aksincha,ko`nglingiz faqat shu narsalarni tusasa, demak pasaygan.

9. Agar ayol kishi yog`li, o`tkir soya ushilgan qaylalaru yong`oas eyishga mukkasidan ketgan ekan, demak uning tuxumdonlarida gormon ajralib chiqish miqdori pasayib ketgan. Buning boisi esa charchoq va stersslardir.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1