1

​LOS-ANJELESDA AVTOMOBIL ODAMLARNI BOSIB KETDI (VIDEO)

Dunyo 31.07.2017, 10:50
​LOS-ANJELESDA AVTOMOBIL ODAMLARNI BOSIB KETDI (VIDEO)

Amerikaning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida avtomobil to`planib turgan odamlarni bosib ketishi oqibatida sakkiz kishi jabrlandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

OAVlar bergan xabarga ko`ra, voqea yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 15.47 da Mid-Uilsher shahrida ro`y berdi.

Avtomobil to`qqiz kishidan iborat to`daga borib, urilgan. Ulardan biri chaqqonlik qilgani bois jiddiy jarohatdan omon qoldi. Qolgan sakkiz kishi turli darajadagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi. Polisiya ulardan birining ahvoli og`irligini ma`lum qildi.

Los-Anjeles polisiyasi vakili Rosario Erreraning xabar berishicha, avtomobil haydovchisi YTHdan keyin voqea joyidan ketmagan, mazkur voqea baxtsiz hodisa, deb talqin qilinmoqda.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1