AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTON-QIRG`IZISTON ChEGARALARINI DELIMITASIYa QILISh BO`YIChA 9 KUN MUZOKARALAR O`TDI

'​O`ZBEKISTON-QIRG`IZISTON ChEGARALARINI DELIMITASIYa QILISh BO`YIChA 9 KUN MUZOKARALAR O`TDI'ning rasmi

2017 yilning 29 iyul kuni Bishkek shahrida O`zbekiston va Qirg`iziston delegasiyalarining davlat chegarasini delimitasiya qilish masalalari bo`yicha to`qqiz kun davom etgan navbatdagi muzokaralari yakuniga etdi.

Muzokaralar chog`ida O`zbekiston-Qirg`iziston chegara chizig`ining pozisiyalar mos kelgan alohida uchastkalarini bayon qilish borasidagi birgalikdagi ishlar davom ettirildi.

Muzokaralar yakunlariga ko`ra Bayonot imzolandi. Uchrashuvlar an`anaviy do`stlik va hamjihatlik ruhida o`tdi/

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambaevning Ostona shahrida ShHT Sammiti doirasida bo`lib o`tgan uchrashuvida ikki davlat o`rtasidagi davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirishni jadallashtirish to`g`risida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning muhim ahamiyat kasb etishidan kelib chiqib, Qirg`iziston Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov O`zbekiston va Qirg`iziston chegara masalalari bo`yicha delegasiyalari rahbarlari Ilhom Ne`matov va Kurbanbay Iskandarovning davlatlararo chegarani delimitasiya qilish bo`yicha muzokaralarning borishi to`g`risidagi axborotini tingladi.

O`zbekiston delegasiyasi rahbari Ilhom Ne`matov Bishkek shahrida mazkur masala yuzasidan Qirg`iziston Bosh vaziri o`rinbosari Jenish Razakov bilan ham uchrashdi.

    Boshqa yangiliklar