1

​ODDIY POEZD HAQIQIY SAROYGA AYLANTIRILDI

Dunyo 31.07.2017, 11:36
​ODDIY POEZD HAQIQIY SAROYGA AYLANTIRILDI

Janubiy Amerikada qadimiy inklar sulolasining poytaxti bo`lmish Kusko shahrini xalqaro YuNESKO ro`yxatiga kiritilgan Arekipa bilan bog`lovchi Belmond Andean Explorer ekspress poezd harakati yo`lga qo`yildi, deb xabar berdi Prikolno.cc nashri.

Mazkur poezd nafaqat o`z yo`nalishi, balki yaratilgan shart-sharoitlari bilan ham boshqa poezdlardan tubdan farq qiladi. Poezdning ichi naq jannatni eslatadi.

Ekspress poezd Kusko shahridan chiqib, And tog`laridagi o`tloqlardan o`tib, sayohatchilarni Titikaka ko`liga, Kolka vodiysiga, keyin esa Arekipaga olib boradi. Sayohat uch kuni, ikki tun davom etadi. Sayohatchining xohish-istagiga binoan xuddi shu yo`nalishda yana ortga qaytish mumkin.

Poezdda umumiy va plaskart vagonlar yo`q, kupelar turli ko`rinishga ega. Har bir kupe qimmatbaho mehmonxonadagi nomerlarni eslatadi. Poezdda bir va ikki o`rinli “lyuks” kabinalar mavjud bo`lib, ularning barchasida alohida dush va hojatxona mavjud.

Belmond Andean Express poezdining ikkita vagon-restorani bor. Ular qimmatbaho anjomlar bilan jihozlangan. U oddiy umumiy ovqatlanish joylaridan o`zining hashamati bilan farq qiladi.

Mehmonlarga Andda etishtirilgan mavsumiy meva-sabzavotlardan tayyorlangan taomlar taqdim etiladi. Menyu Peruning eng nufuzli mehmonxonalari bosh oshpazlari tomonidan tuzilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1