1

​VLADIMIR PUTIN: 755 NAFAR AMERIKALIK DIPLOMAT ROSSIYaNI TARK ETADI

Dunyo 31.07.2017, 14:55
​VLADIMIR PUTIN: 755 NAFAR AMERIKALIK DIPLOMAT ROSSIYaNI TARK ETADI

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bundan buyon AQSh diplomatlari soni 755 kishiga kamayishini ma`lum qildi, deb xabar qildi Vesti.ru nashri .

"Vesti" telekanali boshlovchisi Vladimir Solovev bilan bo`lgan intervyuda Vladimir Putin yuqoridagi masalaga oydinlik kirtidi. Boshlovchining "Nimaga qarshi choralar aynan hozir qabul qilindi? AQShning keyinga sanksiyalariga qarshi javob berishga yana qanday imkoniyatlar qolmoqda?" degan savollariga Putin quyidagich javob berdi.

— Qarshi choralarimiz hali ko`p. Nimaga aynan hozir, chunki AQSh, hech narsaga asoslanmagan, sababsiz, Rossiya- Amerika munosabatlarini yomonlashtirishga qaratilgan qadam qo`ydi. Ikkinchidan ushbu qadam, (AQSh kongressi rejasi bo`yicha) Rossiya bilan aloqalarini saqlab qolishga va yaxshilashga intilayotgan boshqa mamlakatlar uchun ham "namuna" bo`lishi kerak.

Ayni paytda AQShning Rossiyadagi vakolatxonalarida 1210 nafar diplomatlar faoliyat yuritmoqda, lekin ushbu yilning 1 sentyabriga qadar ulardan 755 nafari uyiga qaytishi kerak. Rossiya prezidentining so`zlariga qaraganda AQShning Rossiyadagi diplomatlar soni Rossiyaning AQShdagi diplomatlar soniga, ya`ni 455taga teng bo`lishi kerak.
“Biz yaxshi umidlar bilan, balkim biror narsa o`zgarib qolar deb, ko`p kutdik, lekin unday bo`lmadi. Vaziyat yaqin orada yaxshi tomonga o`zgarmaydiganga uxshaydi. Men AQSh ichidagi siyosiy vaziyatni nazarda tutmayapman. Shunchaki, bizga ham javob berish vaqti etib keldi, degan qarorga keldim. Bundan buyon hech narsa javobsiz qolmasligini ular ham bilib qo`yishsin”, dedi Vladimir Putin.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1