1

​KYoLNDAGI KANAT YO`LIDA YuZGA YaQIN ODAM QOPQONDA QOLDI

Dunyo 31.07.2017, 16:38
​KYoLNDAGI KANAT YO`LIDA YuZGA YaQIN ODAM QOPQONDA QOLDI

Kyoln shahridagi, Reyn daryosi ustidan o`tuvchi kanatga chiqqan yuzga yaqin odam qo`rqinchli va yoqimsiz his-tuyg`ularni boshdan kechirdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, suvdagi kater tayanch ustuniga kelib urilgach, kabinalar 50 metr balandlikda to`xtab qolgan. Voqea joyiga 32 ta qutqaruvchilar guruhi etib keldi.

Qopqonda qolgan odamlarni qutqarish uchun qutqaruvchilarga mobil kran, yuqorida qolgan odamlarga esa qat`iyat va jasorat kerak bo`ldi. Ularning ba`zi birlari arqon yordamida pastga tushirildi. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1