1

​DUNYoNING ENG UZOQ UMR KO`RUVChILAR OILASI O`Z SIRLARINI OShKOR ETDI

Dunyo 01.08.2017, 09:47
​DUNYoNING ENG UZOQ UMR KO`RUVChILAR OILASI O`Z SIRLARINI OShKOR ETDI

Shimoliy Irlandiyada yashovchi o`n uch nafar aka-singil sog`liklari va uzoq umr ko`rish sirlari bilan o`rtoqlashdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Donellilar oilasi joriy yilda Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. Mazkur oilaning eng to`ng`ichi bo`lmish aka, bu yil 93 yoshga kirgan bo`lsa, eng kichigi 72 yoshga to`lgan. Ularning so`zlariga qaraganda, oila a`zolari otasidan uyqu oldidan biror bir “iliq-issiq taom” iste`mol qilishni meros qilib olishgan.

“Tungi soat o`nlarda, ertalab soat ettida suli yormasidan tayyorlangan bo`tqani, sut va birozgina olma jemini tanovvul qilamiz”, deydi oilaning kenjasi bo`lgan Jo.
Nashrning xabar berishicha, suli yormasi qon bosimini pasaytiradi, xolesterin darajasini kamaytiradi, yurakni mustahkamlaydi va qandli diabetdan himoya qiladi.


Donellilar oilasi a`zolarining ma`lumot berishicha, ular faqatgina o`z tomorqalarida etishtirilgan tabiiy meva-sabzavotlarni, uyda o`zlari boqqan tovuq tuxumini va go`shtini iste`mol qilishadi. Nonni ham o`zlari yopishadi, kamdan-kam holatlarda spirtli ichimlik ichishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1