AsosiyJamiyat

​HINDISTONDA O`TKAZILGAN XALQARO MATEMATIKA MUSOBAQASIDA O`ZBEKISTONLIK O`QUVChILAR 2-O`RINNI EGALLAShDI

'​HINDISTONDA O`TKAZILGAN XALQARO MATEMATIKA MUSOBAQASIDA O`ZBEKISTONLIK O`QUVChILAR 2-O`RINNI EGALLAShDI'ning rasmi

Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 41 ta davlatidan tashrif buyurgan yosh matematikalar ishtirok etgan.

2017 yilning 25-31 iyul kunlari Hindistonning Lakxnau shahrida o`tkazilgan xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etgan o`zbekistonlik o`quvchilar 2 ta oltin, 2 ta kumush medalni qo`lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o`rinni egallashdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Quvonarlisi, ushbu tanlovda to`rtinchi marta qatnashayotgan O`zbekiston jamoasi joriy yilda ilk marotaba 2 ta oltin medalni olishga muvaffaq bo`lishdi.

Buxoro viloyati Qorako`l tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabining 7-sinf o`quvchilari Doniyor Ismoilov, Sevaraxon Ostonovalar individual bahslarda o`z iqtidorini namoyon etib oltin medalni qo`lga kiritishgan bo`lsa, ushbu maktabning 7-sinf o`quvchisi Olimjon Olimov va 8-sinf sinf o`quvchisi Ismoil Po`latovlar esa yakkalik bahslarda kumush medalga sazovor bo`lishdi.

    Boshqa yangiliklar