1

​LOS-ANJELES 2028 YILGI YoZGI OLIMPIADA POYTAXTIGA AYLANIShI MUMKIN

Dunyo 01.08.2017, 11:14
​LOS-ANJELES 2028 YILGI YoZGI OLIMPIADA POYTAXTIGA AYLANIShI MUMKIN

Los-Anjeles 2028 yilda o`tkazilishi rejalashtirgan yozgi Olimpiya o`yinlarining asosiy da`vogarlardan biri bo`lib turibdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Shahar hokimiyati Xalqaro Olimpiya qo`mitasiga talabnoma jo`natdi.

Olimpiya o`yinlariga tayyorgarlik uchun Qo`mita ikki milliard dollar mablag` ajratadi. Iyun oyida Qo`mita birdaniga ikkita — 2024 va 2028 yilgi yozgi Olimpiya o`yinlari uchun nomzod bo`lgan Parij va Los-Anjelesni tanlash uchun saylov o`tkazadi. Olimpiya o`yinlari poytaxti sentyabr oyida rasman e`lon qilinadi.

Agar Los-Anjeles shahri tanlansa, bu uning Olimpiada o`yinlariga uchinchi marta mezbonlik qilishi bo`ladi. 1932 va 1984 yillarda ham Los-Anjelesda Olimpiya o`yinlari bo`lib o`tgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1