1

​4 OY MOBAYNIDA VENESUELADAGI TARTIBSIZLIKLAR TUFAYLI 120 KIShI QURBON BO`LDI

Dunyo 01.08.2017, 11:46
​4 OY MOBAYNIDA VENESUELADAGI TARTIBSIZLIKLAR TUFAYLI 120 KIShI QURBON BO`LDI

To`rt oy mobaynida Venesueladagi tartibsizliklar tufayli 120 kishi qurbon bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Bu haqda 30 iyul kuni saylovdan keyin Konstitusiya assambleyasida ma`lum qilindi. Aynan shu kuni ham 10 kishi halok bo`ldi. Huquq-tartibot idorasi xodimlari bilan bo`lgan to`qnashuvda ikki mingdan ortiq odam yaralandi. Saylovni bekor qilishni talab qilayotgan oppozisiya norozilik namoyishining muddati belgilanmaganligini ma`lum qildi.

Venesuela Konstitusiya assambleyasi mamlakat qonunlarini o`zgartirish huquqiga ega. Xorijda ham assambleya saylovi qo`llab-quvvatlanmadi. AQShda esa prezident Nikolas Maduroga qarshi sanksiya kiritildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1