1

XAYRIYa MAQSADIDA 101 YoShLI BRITANIYaLIK ERKAK PARAShYuTDAN SAKRADI

Dunyo 01.08.2017, 12:35
XAYRIYa MAQSADIDA 101 YoShLI BRITANIYaLIK ERKAK PARAShYuTDAN SAKRADI

Britaniyalik Verden Xeys 101 yoshda parashyutdan sakrab, dunyo rekordini o`rnatdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Ikkinchi jahon urushi veterani 4,5 metr balandlikdan sakrashni amalga oshirdi. Xeysni qo`llab-quvvatlash uchun uning barcha oila a`zolari — farzandlari, nevaralari va chevaralari yig`ildi. Rekordchi uchun maxsus faxriy qorovul ham qo`yildi.

Pensioner mazkur sakrashni xayriya maqsadida amalga oshirib, 5 ming dollarga yaqin pul to`pladi. Yig`ilgan mablag` veteranlar va ularning oila a`zolarining dengizda dam olishlari uchun sarflanadi. Xeysning aytishicha, u parashyutdan ilk marotaba o`tgan yili sakragan. O`shanda u o`zining 100 yoshli yubileyini nishonlagan edi. Xeys har kuni parashyutdan sakrashga tayyorligini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1