AsosiyJamiyat

​O`QIShGA KIROLMAGAN 750 NAFAR ABITURIENT ChIRChIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA QABUL QILINADI

'​O`QIShGA KIROLMAGAN 750 NAFAR ABITURIENT ChIRChIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA QABUL QILINADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklarining takliflariga muvofiq Xalq ta`limi vazirligi tarkibida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Qaror Toshkent viloyati maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarining tarbiyachilar, boshlang`ich sinf o`qituvchilari, ayniqsa, aniq fanlar va chet tillari bo`yicha o`qituvchilarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylaridagi ta`lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta`minlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma`lumotli pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va ta`lim sifatini yaxshilash maqsadida qabul qilindi.

Qarorda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutiga 2017/2018 o`quv yili uchun 750 ta qabul kvotalari ajratilib, Institutga talabalar kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta`lim muassasalariga belgilangan to`lov-kontrakt kvotalari doirasida o`qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta`lim yo`nalishlari abiturientlari hisobidan, Toshkent viloyati tumanlari ta`lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda shakllantirish belgilangan. Bunda talabalarni o`qitishning amaldagi bazaviy (oshirilmagan) to`lov-kontrakt miqdori asosida tasdiqlangan kvota doirasida qabul qilish amalga oshiriladi.

Institut rektori etib G`ofurjon Muhamedov tayinlandi. G`ofurjon Muhamedov 2006 yildan 2015 yilning iyuligacha O`zMU rektori sifatida faoliyat yuritgan.

Qarorning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar