1

​“ISLOM DAVLATI” TERRORChILIK GURUHI ITALIYa MAFIYaSI BILAN HAMKORLIK QILMOQDA

Dunyo 01.08.2017, 16:27
​“ISLOM DAVLATI” TERRORChILIK GURUHI ITALIYa MAFIYaSI BILAN HAMKORLIK QILMOQDA

Italiya mafiyasi “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan hamkorlik qilmoqda, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Italiya mafiyasi Evropaga kontrabanda neftini etkazish uchun “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan hamkorlik qilmoqda. Huquq-tartibot idorasi xodimlari surushtiruvlar natijasida Venesiya va Apuliyadagi neftni qayta ishlovchi ba`zi bir zavodlarda xom ashyo miqdori me`yordan yuqori darajada ekanligini aniqladi.

Italiya polisiyasining taxminiga ko`ra, zavodga neft terrorchilar nazoratida bo`lgan Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Suriya va Liviyadan ketirilmoqda. Mafiya terrorchilarga xom ashyoni neftni qayta ishlovchi zavodlarga jo`natishda yordam bergan.

Polisiyaning ma`lumot berishicha, neft kontrabandasi aybdorlari hozircha topilmagan, chunki xom ashyo zavodlarga vositachilar orqali etkazib berilgan. Bu esa neftning qaerdan keltirilayotganini aniqlash imkoniyatini qiyinlashtiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1