AsosiyJamiyat

​TOShKENTDAGI XONADONLARDAN BIRIDA YIRIK YoNG`IN SODIR BO`LDI(FOTO)

'​TOShKENTDAGI XONADONLARDAN BIRIDA YIRIK YoNG`IN SODIR BO`LDI(FOTO)'ning rasmi

Kecha, 31 iyul kuni Toshkent shahri Shayhontohur tumanida joylashgan xonadonlardan birida yirik yong`in sodir bo`ldi.

Mazkur yong`in aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilindi.

Toshkent shahar IIBB yong`in xavfsizligi boshqarmasidan xabar berishlaricha, dastlab Suzuk ota ko`chasida joylashgan xonadonning tom qismidagi 50 kv.m maydoni yona boshlagan. Olov xonadonga tutash hududda qurilayotgan binoning tomiga ham o`tib, yana 30 kv.m maydon yonib ketgan.

Yong`in oqibatida hech kim jabrlanmagan, uning sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar