AsosiyJamiyat

«SAMARQAND» XALQARO AEROPORTI O`Z FAOLIYaTINI TIKLADI

1 avgustdan «Samarqand» xalqaro aeroporti sun`iy uchish va qo`nish yo`laklari uchastkalarining kapital ta`miridan so`ng xalqaro va respublika ichidagi parvozlarni amalga oshirishni boshladi.

Eslatib o`tamiz, Samarkand havo bandargohi 1 dan 31 iyulga qadar reyslarni amalga oshirish uchun yopilgandi.

Sun`iy uchish va qo`nish yo`laklari uchastkalarining kapital ta`miri bo`yicha ishchi loyiha «AERO-YO‘L LOYIHA» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan, ta`mirlash ishlarini avtomobil yo`llari Davlat qo`mitasining Samarkand yo`l-liniya ekspluatasiya unitar korxonasi hamda «New Tech Samarkand» MChJ bajardi.

Barcha ta`mirlash ishlari qisqa fursatlarda yuqori sifatlarda amalga oshirildi. Bugun «Samarqand» aeroporti Rossiyaning «UTair» aviakompaniyasining samolyotini qabul qildi.

    Boshqa yangiliklar