Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumanida O`zbekistondagi eng katta musiqali favvoralardan biri ishga tushirildi.
Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

Favvora tuman markazida faoliyat boshlagan «Eko-park» ko`ngilochar maskanida joylashgan. Uni «Mo``jiza sut mahsulotlari» xususiy korxonasi barpo etdi.


—1,1 milliard so`mdan oshiq mablag` sarflangan «Eko-park» hududi 4 ming kvadrat metrdan iborat. Unda muzqaymoq, salqin ichimliklar, fast-fud sotuvi yo`lga qo`yildi, gril-bar ishlab turibdi. Musiqali va rangli favvora jihozlari Xitoyning «Xuntay» kompaniyasidan olib kelindi. Uzunligi 32, eni 16 metr bo`lgan favvora ostiga 300 dan oshiq turli ranglar hosil qiluvchi galogenlar joylashtirilgan, — deydi korxona ish yurituvchisi Sobirjon Hoshimov.
«Eko-park» ochilish marosimida tumandagi 3 nafar bolakayning sunnat to`yi ham o`tkazildi. Ularning har biriga 300 ming so`mdan mablag` qo`yilgan omonat daftarchalari topshirildi, velosipedlar sovg`a qilindi.






