Turkiyaning Marmaris kurort hududida sayyohlar yaxtasining cho`kishi oqibatida bedarak yo`qolgan uch kishi qidirilmoqda, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Ayni paytda turkiyalik qutqaruvchilar bedarak yo`qolganlarni qidirish ishlari bilan shug`ullanmoqda. Sakkiz kishi qutqarildi. Voqea Bozburun tumanidagi ochiq dengizda yuz berdi. Hodisaga oydinlik kiritilmoqda.






