AsosiyJamiyat

​PREZIDENT TEMIR YO`L TRANSPORTI XODIMLARI KUNINI NIShONLASh TO`G`RISIDA FARMON IMZOLADI

'​PREZIDENT TEMIR YO`L TRANSPORTI XODIMLARI KUNINI NIShONLASh TO`G`RISIDA FARMON IMZOLADI'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 2 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi temir yo`l transporti xodimlari kunini nishonlash to`g`risida farmon imzoladi.

Temir yo`llarda yuk va yo`lovchilarni tashish hajmini oshirish, temir yo`l infratuzilmasini rivojlantirish borasida oxirgi yillarda erishilgan yutuqlarni hisobga olib hamda soha mutaxassislarini ko`llab-kuvvatlash maksadida, shuningdek sohada mehnat qilayotgan keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, 2017 yildan boshlab avgust oyining birinchi yakshanba kuni “O`zbekiston Respublikasi temir yo`l transporti xodimlari kuni” deb e`lon qilindi.

Farmonning to`liq matni Prezident saytida e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar